Hamidullo Hakimjonovich

Ta'lim

🎓 MFPU universiteti bitiruvchisi.
Iqtisodiyot fakulteti, Bank ishi yo‘nalishi.

Ish tajribasi

2024–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Soliq organlarida faoliyat yuritgan.

Hozirgi kunda Qalqon kompaniyasida faoliyat olib borib, mijozlarga Rossiya Federatsiyasida patent, VNZh (yashash guvohnomasi), RVP va fuqarolik olish uchun talab etiladigan rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi bo‘yicha sertifikatni O‘zbekiston hududida rasmiy tartibda olish jarayonlarida amaliy yordam ko‘rsatadi.

Shuningdek, xorijda ta'lim va migratsiya yo‘nalishlarida tajribali mutaxassis sifatida fuqarolarga to‘g‘ri yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib, hujjatlarni rasmiylashtirish hamda ta'lim masalalari bo‘yicha professional maslahatlar beradi.

Shaxsiy fazilatlari

O‘z ishiga mas'uliyat bilan yondashadigan, halol va professional mutaxassis. Har bir mijozning murojaatini alohida e'tibor bilan ko‘rib chiqadi hamda eng maqbul yechimni topishga intiladi. Hamkasblari va mijozlarga yordam berishga doimo tayyor, samimiy muomala va sifatli xizmat ko‘rsatishni o‘z faoliyatining asosiy tamoyillaridan biri deb biladi.
Hamidullo Hakimjonovich
T W M